
- …
- …
- …
- …
Kredit-modul tizimi...
Tadqiqot ishimizga ko'ra Kredit-modul tizimi ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, u nazariy bilimlar bilan amaliy boshqaruv ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu innovatsion yondashuv talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini samarali boshqarish va yetakchilik qilishga tayyorlaydi hamda ularni real hayotdagi kasbiy vazifalarga puxta tayyorlaydi.
Kredit-modul tizimida...
talaba tomonidan tanlangan hamda ungaketma-ketlikda bilimlar to‘plash va xohlagan kompetensiyalar yig‘indisiga ega
bo‘lish imkoniyatini beradigan yo‘nalish (marshrut), ya’ni talabaning shaxsiy
ta’lim trayektoriyasi asosida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashga tabaqalashgan yondashuv uchun
shart-sharoitlarni yaratadi.Tadqiqotchilar talqini
Sh.Sh.Shomurodov
ilmiy izlanishlari asosida bo‘lajak menejerlarni axborot kompetentliligini masofaviy ta’lim
asosida rivojlantirishga xizmat qiluvchi elektron resurslarning namunaviy tarkibi (o‘quv materilallari, o‘quv-uslubiy materiallar, ma’lumotnomalar, illyustrativ va namoyish materiallari, qo‘shimcha axborot materiallari, meyoriy hujjatlar, ilmiy materiallar, elektron davriy nashrlar) va axborotlarni grafik yoritish texnikasi klasterini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi.X.O.Qodirov
tadqiqotlarida lider-tashkilotchi, lider-ijodkor, lider-diplomat, liderkurashchi,
lider-yupatuvchi kabi talabalarning liderlik tiplari kasbiy layoqatni
rivojlantirish bosqichlari (kuchli tomonlar tahlili, shaxsiy muvaffaqiyatlarga
ishonch, iroda kuchi) orqali aniqlashtirilganS.Mutalov
o‘z izlanishlarida liderlik qobiliyati mavjud bo‘lgan talaba jamiyatdagi soha va tarmoqlarning kadrlar resursi hisoblanishini, shuning uchun ham oliy ta’lim muassasalaridagi talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishdan, avvalo, jamiyatning o‘zi
manfaatdor bo‘lishini, tarbiyalangan liderlar orqali qaror qabul qilishda ikkilanayotgan, o‘z maqsadi yo‘lida dadil harakat qila olmayotgan, qat’iyat va ishonchi sust bo‘lgan va tashqi muhitdagi turli ta’sirlarga tushib qolgan talabalarning motivlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga erishilishi, natijada talabalardagi mavjud agressiv va boshqa salbiy holatdagi liderlik o‘rnini, muvaffaqiyat va istiqbolga chorlovchi chinakam faol lider qiyofasi egallashini
asoslab bergan.Sh.M.Muxamedov
Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kredit-modul tizimidan foydalanish metodikasini takomillashtirish masalasini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etgan, hamda kredit-modul tizimida har bir o‘qituvchi o‘z fanining mazmun mohiyati ifodalangan dasturga, ya’ni “syllabus”ga ega bo‘lishi va uni semestr boshida talabalarga taqdim etishi o‘qitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga barham berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabalarni mustaqil o‘qishga o‘rgatib, o‘z ustida ishlashiga zamin yaratadi, shuningdek, o‘quv jarayonida mustaqil ta’lim olish ahamiyatli bo‘lib, bu kelajakda bo‘lajak mutaxassislarning mustaqilligi, ijodkorligi hamda faolligini oshiradi,deb hisoblaydi.
N.G.Gulyamova
o‘z tadqiqotlarida talabalarning bo‘lajak menejer sifatida kasbiy yo’naltirilganligi, tayyorgarligi intuitsiya, innovatsiya va ijtimoiy faolligining rivojlanganligi ijtimoiy jamiyatning turli sohalarini boshqarish bilan bog‘liqligini ta’minlash yangi yo‘nalishlar mohiyatini anglash asosida amalga oshiriladi, degan xulosaga kelib, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning falsafiy, psixologik, huquqiy, ijtimoiy nuqtai nazardan pedagogik mexanizmlari tahlil etgan.
D.O.Raximov
Talabalarda boshqaruvchilik qobiliyatlarini rivojlantirishda forsayt kompetentlik ham muhim ahamiyat kasb etishi haqida ilmiy izlanish olib borgan va unga ko'ra forsayt kompetentlik – menejerning kasbiy va ilmiy-refleksiv faoliyatida korxona yoki tashkilotning kelajagini bashoratlashga tayyorligi hamda qobiliyatini shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Bo‘lajak menejerlarda “Forsayt kompetentlik”ni rivojlantirish forsayt-menejment, ya’ni menejerning strategik rejalashtirish qobiliyatlari va o‘z qarori uchun javobgarlikni tushunish orqali xarakterlanadi va boshqaruv metodologiyasi hisoblanadi. Forsayt – menejment metodologiyasi strategik menejmentning bir ko‘rinishi bo‘lib, korxonaning raqobatbardosh ustunliklarini hisobga olgan holda strategik rejadagi kelajakni yaratishga yordam beradi.
U.T.Shobduraximova
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining yetakchilik faoliyatini rivojlantirish, yetarli kasbiy tayyorgarlikka, kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishida bilim, ko‘nikma va malakalarga, shuningdek, ma’lum tajribaga ega bo‘lishni talab etadi. Innovatsion ta’lim sharoitida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining yetakchilik faoliyatini rivojlantirishda asosiy maqsad mustaqil ijodiy tafakkurga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashdir. Faqatgina maxsus bilimlarga ega bo‘lish yaxshi bitiruvchini tayyorlash uchun yetarli emas, shaxsning intellektual yetakchilik faoliyatiga ega bo‘lishi, ijodiy salohiyatiga egalik darajasini hisobga olish kerak.
G.M.Musaxanova
talablarda tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirishda mustaqil ta’limdan samarali foydalanish masalalari bo'yicha tadqiqot olib borga va unga ko'ra, Tashkilotchilik qobiliyati – bu ma’lum bir faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyatlardir. Qobiliyatlar biror bir faoliyat jarayonida ma’lum bir faktorlar asosida rivojlanadi. Qobiliyatlar shaxsning bilim, malaka va ko‘nikmalari bilan chegaralanib qolmaydi. Ular talabalar jamoasini uyushtira bilish, jamoani jipslashtira olish, pedagogik faoliyatni to‘g‘ri tashkillashtirishga xizmat qiladi
N.K.Tojiboyeva
bo‘lajak tarbiyachi shaxsining kasbiy hamda bo‘lajakrahbar va lider bo‘lib shakllanishi, o‘z ustida qiziqish bilan ishlashi, yangi bilimlarni o‘zlashtirishi, ta’lim muassasalarini boshqarish va ish faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan ma’lumotlarni o‘rganishi, ya’ni menejerlik ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish vositalariga bog‘liq,
deb hisoblaydi.N.R.Pulatova
talabalarning innovatsion boshqaruv kompetentliligini rivojlantirish deganda ichki boshqaruv tizimi xarakteri, tamoyillari, funksiyalari, boshqaruv subyektlari tarkibi va amalga oshirish mexanizmlari to‘g‘risidagi barcha tasavvurlarimiz jamlanmasidan iborat deb talqin etilgan. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, innovatsion boshqaruv kompetensiyaga ega talaba umumiy kompetensiyalarga ham ega bo‘lishi kerak. O‘z o‘rnida umumiy kompetensiyalar shakllanishida taʼlimda boshqaruv, boshqaruvda huquqiy masalalar, boshqaruvda masʼuliyat va moslashuvchanlik, boshqaruvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, inklyuziv taʼlimni joriy etish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalariga eʼtibor qaratishlari lozim.