thumbnail image
  • Asosiy
  • Kredit-modul tizimi?
  • Tadqiqotchilar talqini
  • Metodologiya
  • Noan'anaviy ta'lim shakllari
  • Namunaviy dars ishlanmalari!
  • Resurslar
  • Loyihalar
  • Psixologik testlar
  • About Us
  • Contact Us
  • …  
    • Asosiy
    • Kredit-modul tizimi?
    • Tadqiqotchilar talqini
    • Metodologiya
    • Noan'anaviy ta'lim shakllari
    • Namunaviy dars ishlanmalari!
    • Resurslar
    • Loyihalar
    • Psixologik testlar
    • About Us
    • Contact Us
broken image
broken image

TALABA-LIDER

  • Asosiy
  • Kredit-modul tizimi?
  • Tadqiqotchilar talqini
  • Metodologiya
  • Noan'anaviy ta'lim shakllari
  • Namunaviy dars ishlanmalari!
  • Resurslar
  • Loyihalar
  • Psixologik testlar
  • About Us
  • Contact Us
  • …  
    • Asosiy
    • Kredit-modul tizimi?
    • Tadqiqotchilar talqini
    • Metodologiya
    • Noan'anaviy ta'lim shakllari
    • Namunaviy dars ishlanmalari!
    • Resurslar
    • Loyihalar
    • Psixologik testlar
    • About Us
    • Contact Us
    • Asosiy
    • Kredit-modul tizimi?
    • Tadqiqotchilar talqini
    • Metodologiya
    • Noan'anaviy ta'lim shakllari
    • Namunaviy dars ishlanmalari!
    • Resurslar
    • Loyihalar
    • Psixologik testlar
    • About Us
    • Contact Us
    • …  
      • Asosiy
      • Kredit-modul tizimi?
      • Tadqiqotchilar talqini
      • Metodologiya
      • Noan'anaviy ta'lim shakllari
      • Namunaviy dars ishlanmalari!
      • Resurslar
      • Loyihalar
      • Psixologik testlar
      • About Us
      • Contact Us
    broken image
    broken image

    TALABA-LIDER

    • Asosiy
    • Kredit-modul tizimi?
    • Tadqiqotchilar talqini
    • Metodologiya
    • Noan'anaviy ta'lim shakllari
    • Namunaviy dars ishlanmalari!
    • Resurslar
    • Loyihalar
    • Psixologik testlar
    • About Us
    • Contact Us
    • …  
      • Asosiy
      • Kredit-modul tizimi?
      • Tadqiqotchilar talqini
      • Metodologiya
      • Noan'anaviy ta'lim shakllari
      • Namunaviy dars ishlanmalari!
      • Resurslar
      • Loyihalar
      • Psixologik testlar
      • About Us
      • Contact Us
      broken image
      • Metodologik yondashuvlar tavsifi

        broken image

        Talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashda kredit-modul tizimidan foydalanishda tizimli yondashuv deganda o‘quv jarayonini mantiqiy izchillikda, o‘zaro bog‘liq va uzviylikda tashkil etish tushuniladi. Bu jarayonda talabalarning maqsadli
        boshqaruvga doir ko‘nikmalarni egallashlarini ta’minlovchi zarur didaktik tizim komponentlarini integratsiyalash ko‘zda tutiladi.

        Tizimli yondashuvda kredit-modul tizimining mohiyati va talablaridan kelib chiqib, talabalarda MTTlarini maqsadli boshqaruv ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi modullarning tarkibini aniqlash, ularni o‘zaro bog‘liq bloklarga ajratish, o‘quv jarayonini aniq va tizimli tashkil etish, o‘quv-topshiriqlari

        (auditoriyada va auditoriyadan
        tashqari) mazmunini talabaning ta’lim trayektoriyasiga yo‘naltirish lozim.

        broken image

        Talabalarni MTTlarni maqsadli boshqarishgatayyorlashda kompetensiyaviy yondashuv bo‘lajak mutaxassislarni mehnat
        bozorining real ehtiyojlari va talablarini hisobga olishga asoslanadi. Bunday yondashuv ish beruvchilar talab qiladigan maxsus kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, talabalarning keyinchalik muvaffaqiyatli ishga joylashish imkoniyatlarini
        oshiradi.

        Shuningdek, kompetensiyaviy yondashishga asoslangan ta’lim jarayonida talabalar nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishiga e’tibor qaratiladi, ya’ni MTTni maqsadli boshqarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.

        Kompetensiyaviy yondashuv talabalarda menejmentga doir integral bilimlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

        Ular barcha ixtisoslik fanlari bo‘yicha egallagan kompetensiyalar asosida boshqaruv sohasini o‘zlashtiradilar.

        Kompetensiyaviy yondashuv talabalarni nafaqat menejerlikka, balki shaxsiy rivojlanish (o‘zini boshqarish, motivatsiya, yangilik va o‘zgarishlarga moslashish)ga ham yo‘l ochadi.

        broken image

        Talabalarni MTTlarni maqsadli boshqarishga tayyorlashda refleksiv yondashuv ham muhim ahamiyat kasb etadi. Refleksiv
        yondashuv ta’lim jarayonida talablarning shaxsiy tajribasini anglashi va uni yangi qarashlar, g‘oyalar bilan boyitishga qaratilgan pedagogik yondashuvlardan biri sanaladi. Bunday yondashuvning maqsadi talabaning shaxsiy imkoniyatlariga
        muvofiq unga ta’sir ko‘rsatish, qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir.

        Talabalarni MTTlarni maqsadli boshqarishga tayyorlash jarayoniga refleksiv yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

        - refleksiv jarayonda talaba o‘zining o‘quv faoliyatini tahlil qiladi, o‘zining imkoniyatlarini baholaydi, kelgusi faoliyati va harakatlarini rejalashtiradi;

        - talaba o‘zi uchun zarur bo‘lgan bilimlarni (boshqaruv faoliyatiga tegishli) o‘zlashtirishga ijodiy yondashadi;

        - boshqaruvchilik faoliyatiga qiziqadigan talabalarning ehtiyojlari va qobiliyatlari inobatga olinib, o‘quv faoliyati
        ularning shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltiriladi;

        - o‘quv modullari bo‘yicha talabalarga refleksiv mashqlar va ijodiy topshiriq (Esse yozish, innovatsion loyihalar, Keys-stadi)lar vazifa sifatida beriladi.

        broken image

        Shaxsiy-faoliyatli yondashuv o‘zining shaxsiy komponentida talabaning o‘zi ta’lim markazida - uning motivlari, maqsadlari, o‘ziga xos psixologik pardozi, ya’ni shaxs sifatida talaba ekanligini taxmin qiladi. O‘qituvchi talabaning qiziqishi, uning bilim va ko‘nikmalari darajasidan kelib chiqib, darsning tarbiyaviy maqsadini belgilaydi va talabaning shaxsini rivojlantirish maqsadida butun o‘quv jarayonini shakllantiradi, yo‘naltiradi va tuzatadi.

        Shaxsiy-faoliyatli yondashuvda talabalarni zarur bilimlarni faol izlash, o‘rganish va qo‘llash jarayoni yuzaga keladi. Bunda
        talaba passiv tinglovchi emas, balki bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil va faol o‘zlashtiruvchi ta’lim sub’yekti sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’limda bunday yondashuv talabalar mustaqilligi va mas’uliyatini oshiradi.
        Shaxsiy-faoliyatli yondashuv jarayonida talabalarda MTTlarini maqsadli boshqarishga doir vaziyatlarni tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati rivojlantirilib, o‘quv jarayonini shaxsiy maqsadlari va ehtiyojlariga muvofiqlashtiradilar.

      • Talabalarni kredit-modul tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlarinimaqsadli boshqarishga tayyorlash tamoyillari

        We focus on equipping students with cutting-edge management skills tailored for the education sector. Our approach blends modern methodologies with strategic thinking, enhancing the capability of future leaders to drive impactful changes in educational organizations. Innovative Management Training What We Offer Talaba_Lider - this name expresses the idea of forming students studying in higher education institutions as specialists with modern management competencies, initiative, and leadership. The site promotes methodological approaches that prepare for targeted management of preschool education organizations based on a credit-module system. The word "Lider" emphasizes management, strategic thinking, and innovative approaches, while "Talaba" indicates that the future specialist is at the center of this path.

        Uzviylik tamoyili

        Izohli lug‘atda “Uzviylik – ta’lim-tarbiya jarayonini muayyan ketma-ketlik asosida tashkil etilishini ifodalovchi muhim sifat bo‘lib, ma’lum bosqich o‘quv faoliyatini mazmunini tashkil etuvchi, bilim, ko‘nikma va malakalarning
        mustahkamlanishi, kengaytirilishi va chuqurlashtirilishini ta’minlaydi” deb ta’riflanadi.

        Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida uzviylikka asoslanish:

        - o‘qitishning kelajagini ko‘ra olish;

        - bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirishorqali, ularni yuqori darajada anglab olish;

        - o‘quv va amaliy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga yordam berishi mumkin.

        Uzviylik tamoyiliga ko‘ra, kredit-modul tizimida talabalarni MTTlarni maqsadli boshqarishga tayyorlashda o‘quv jarayoni barcha kurslarda ixtisoslik fanlari va muayyan mavzulararo uzviylik asosida amalga oshirilishi zarur.

        Our curriculum emphasizes the development of essential competencies, fostering initiative and leadership qualities in students. By integrating theory with practice, we prepare our students to tackle real-world challenges and excel in their careers. Holistic Competency Development What We Offer Talaba_Lider — this name expresses the idea of forming students studying in higher education institutions as specialists with modern management competencies, initiative, and leadership. The site promotes methodological approaches that prepare for targeted management of preschool education organizations based on a credit-module system. The word "Lider" emphasizes management, strategic thinking, and innovative approaches, while "Talaba" indicates that the future specialist is at the center of this path.

        Differensiallik va individuallik tamoyillari

        Talabalarni kredit-modul tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashda differensiallik va individuallik tamoyili ta’lim va tarbiya jarayonlarini har bir shaxsning individual xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etishni nazarda tutadi. Bu tamoyillar ta’lim samaradorligini oshirish va talabalarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

        Differensiallik tamoyilida talabalarning shaxsiy xususiyatlari, bilimi, qobiliyatlari va qiziqishlari hisobga olinsa, individuallik tamoyilida har bir talaba shaxsining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni anglatadi.

        Talabalarni MTTlarni maqsadli boshqarishga tayyorlashda differensiallik va individuallik tamoyillarining amaliyotdagi ahamiyati katta bo‘lib, bunda:

        - talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini individual rivojlantirish;

        - bilish jarayonida motivatsiyani yuzaga keltirish;

        - kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatga zamin yaratish imkonini beradi.

        Bu tamoyillar nafaqat o‘qitish jarayonining samaradorligini oshiradi, balki kasbiy
        tayyorgarlikda shaxsiy rivojlanishga ham yordam beradi.

        We believe in the power of collaboration. Our programs encourage teamwork and networking among aspiring educational leaders, creating a vibrant community that supports knowledge sharing and growth, essential for successful management in education. Collaborative Learning Environment What We Offer Talaba_Lider — this name expresses the idea of forming students studying in higher education institutions as specialists with modern management competencies, initiative, and leadership. The site promotes methodological approaches that prepare for targeted management of preschool education organizations based on a credit-module system. The word "Lider" emphasizes management, strategic thinking, and innovative approaches, while "Talaba" indicates that the future specialist is at the center of this path.

        Nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili

        Kredit-modul tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlash jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi asosida talabalarga kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni samarali shakllantirish maqsadida nazariya bilan amaliyotni uzviy bog‘lashni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu tamoyil o‘z ichiga quyidagi jihatlarni qamrab oladi:

        1. Nazariy bilimlarning amaliyotda qo‘llanilishi.

        2. Malakaviy amaliyotni o‘quv jarayonining tarkibiy qismi sifatida samarali tashkil qilish.

        3. Amaliy mashg‘ulotlar va amaliyot uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

        4. Refleksiv faoliyat va o‘zini-o‘zi tahlil qilish.

        5. Innovatsion va amaliy loyihalarni bajarish.

        Nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili MTTlarni maqsadli boshqarishga doir nazariy bilimlarni turli shakllarda o‘zlashtirish va amaliyot jarayonida mustahkamlash orqali malaka, ko‘nikmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ayniqsa, malakaviy amaliyot talabalarni MTT direktori faoliyatiga oid haqiqiy jarayonlar bilan yaqindan tanishish va ularda bevosita ishtirok etish imkonini beradi, ya’ni kasbiy amaliyot nazariy ta’lim bilan uyg‘unlashgan holda tashkil etiladi. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalarida laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulotlar uchun moddiy-texnik bazani yaratish, ish beruvchilar bilan hamkorlikda talabalarning amaliyot o‘tashini tashkil etishda MTTni maqsadli boshqarishni o‘rganish modeli bo‘yicha o‘quv topshiriqlarining bajarilishini rejalashtirishga alohida e’tibor berish lozim.

        Talabalarda amaliyot natijalarini tahlil qilish (refleksiv faoliyat) orqali nazariy bilimlarini mukammallashtirish, MTTni maqsadli boshqarish jarayoniga baho berish, o‘zlari anglagan yutuq va kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

        Shuningdek, mazkur tamoyil asosida talabalarni kurs ishi, loyiha ishi, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishlarida amaliy loyihalar va innovatsion faoliyatga yo‘naltirish imkoni beriladi. Agarda o‘quv jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili tadbiq etilsa, talabalarning kasbiy tayyorgarligi samarali bo‘ladi, ularning nazariy bilimlarni kasbiy faoliyatda qo‘llash qobiliyatlari rivojlantiriladi, boshqaruvda maqsadlarni aniqlash, qaror qabul qilishga doir malaka va ko‘nikmalar mukammal shakllantiriladi.

        Home
        Posts
        Find Us
        Contact
      Cookie Use
      We use cookies to ensure a smooth browsing experience. By continuing we assume you accept the use of cookies.
      Learn More