Oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’limyo‘nalishi talabalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli
boshqarishga tayyorlashda kredit-modul tizimi o‘ziga xos imkoniyatlarga ega deyish mumkin. Chunki kredit-modul tizimining asosiy g‘oyalaridan biri nazariybilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishdan iborat bo‘lib, bunda o‘quv jarayoni talabalar, ish beruvchilar, o‘qituvchilar vama’muriyat o‘rtasida ochiq muloqot shaklida talabaga yo‘naltirilgan yondashuv asosidata’lim standartlarini inobatga olgan holda rejalashtiriladi
Shuningdek, talaba tomonidano‘quv faoliyatining barcha turlari – ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar,
laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish asosida kutilgan o‘quv natijalariga erishish uchun zarur bo‘lgan soatlar hajmini ifodalovchi o‘quv yuklamasi bakalvariat bosqichida - 40-50% auditoriya soati, 50-60% mustaqil ish soatiga, 60-70% mustaqil ish soatiga bo‘linadi. Bu taqsimot talablarda boshqaruvchilik faoliyatiga tayyorlashda o‘quv jarayonidan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko‘rsatadi.
Kredit-modul tizimida talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikdabilimlar to‘plash va xohlagan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan yo‘nalish (marshrut), ya’ni talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi asosida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashga tabaqalashgan yondashuv uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Jumladan, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy fanlarni o‘zlashtirish bilan birga tanlov fanlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotining muayyan yo‘nalishlari (tarbiyachi, metodist, MTT direktori) bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni muammal egallashlari mumkinbo‘ladi.