Talabalarni kredit-modul tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlash jarayonining nazariy jihatlari o‘z navbatida quyidagi metodologik asoslariga tayanish zarur:
- bo‘lajak boshqaruvchilarni kasbiy yo‘naltirish va maktabgacha ta’lim muammolarini o‘rganishning nazariy va metodologik asoslarini aniqlash;
- bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish, kadrlar salohiyatini shakllantirish bo‘yicha bo‘lajak
menejerlar bilan kasbiy faoliyatni boshlagunga qadar ishlash amaliyotining mavjud miqdor va sifat ko‘rstkichlarini tahlil etish;
- talabalarni kredit-modul tizimida maktabgachata’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlash tizimini
takomillashtirishning asosiy metodik yo‘nalishlarini belgilash;
- talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlash tizimining asoslari va shartlarini, uni amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik shakllarini ishlab chiqish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlariboshqaruvchilarini tayyorlashning uzluksiz tizimida oliy ta’limning
samaradorlik darajasi va rolini aniqlash;
- kasbiy yo‘nalganlikni ta’minlaydigan o‘quvjarayonida talabalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli boshqarishga tayyorlashga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.