Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavrlar kasbiy
faoliyatlari, sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi tashkiliy-boshqaruv faoliyatida quyidagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Malaka talablarida talabalarni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha vaziflar
konkret ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, Maktabgacha ta’lim menejmenti fani majburiy fanlar blokiga kiritilmay kelinmoqda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish faniga rejalashtirilgan 3-4 mavzu doirasida talablarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlash imkoniyati yetarli emas, deb hisoblaymiz.
Agarda maktabgacha ta’lim menejmenti fani majburiy fan sifatida 3-kursda o‘qitilsa kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talablarning 4+2 (4 kun nazariy, 2 kun amaliy ta’lim va 2 kun amaliyot) tartibdagi malakaviy amaliyoti davomidaMTT direktori faoliyatini o‘rganish bo‘yicha imkoniyati yaratilgan bo‘lar edi.
Oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim menejmenti o‘quv rejasiga tanlov fani sifatida kiritilgan bo‘lsada, o‘quv soatining chegaralanganligi, ta’lim menejmentga doir bilim, malaka va ko‘nikmalarni puxta egallash imkonini bermaydi.
Bizningcha, maktabgacha ta’limning zamonaviy bosqichida bo‘lajak mutaxassislar kelgusida davlat MTTlari, davlat-xususiy sherikchlilik asosidagi MTTlari va oilaviy nodavlat MTTlarini muvaffaqiyatli boshqarish, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish istiqbollarini maqsadli rejalashtirish asosida belgilash bo‘yicha muayyan bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun maktabgacha ta’lim menejmenti fanini chuqur o‘zlashtirishlari zarur.